Yangiliklar

Vashington Toshkentga oʻzbekistonliklar deportatsiya qilinganini ma’lum qildi

Vazirlik vatandoshlarimizning boshqa davlatlarga chiqarib yuborilishi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boradi
Foto: Depositphotos

Amerika Qoʻshma Shtatlari kelishuvlarga muvofiq, deportatsiya qilingan oʻzbekistonliklar toʻgʻrisida respublikani zudlik bilan xabardor qiladi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Oʻzbekiston fuqarolari Nyu-York – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha oʻz vatanlariga qaytarilmoqda, deya ta’kidlagan rasmiylar.

«OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berishni so‘rab murojaat qildi», – deya qoʻshimcha qilgan TIV.

O‘zbekiston Lotin Amerikasining bir qator davlatlari bilan ham diplomatik aloqalar oʻrnatdi.

Bir kun avval Kosta-Rika prezidenti Rodrigo Chaves uning mamlakati AQShdan deportatsiya qilingan 200 nafargacha muhojirni qabul qilishga tayyorligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, 93 kishilik birinchi guruh oʻzbeklar va qozoqlardan iborat bo‘ladi.

Deportatsiya qilingan xorijliklar maxsus markazga joylashtiriladi va undan chiqib ketish taqiqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh o‘zbek muhojirlarini Panamaga deportatsiya qilingani haqida yozgan edi.