Yangiliklar

Xitoy kompaniyasi Samarqandda logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda

Bu loyiha «Indra group limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi
Foto: Pexels.com

Samarqandda yangi logistika markazi barpo etilishi mumkin. Bu boʻyicha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Aziz Boboyev Xitoyning «Indra group limited» kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Tashkilot taʻsischisi Di Duochenning soʻzlariga koʻra, ularning firmasi Shanxaydagi Pudong erkin iqtisodiy zonasidagi yirik kompaniyalardan biri boʻlib, loyihani amalga oshirish har ikki tomon uchun ham foydali boʻladi. Yirik logistik markazni Pastdarg‘om tumanida qurish rejalashtirilmoqda.

Bu logistika markazi Markaziy Osiyoni iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mahsulotlar bilan ta’minlay olish salohiyatiga ega boʻladi. Uchrashuvda hokimlik kompaniyaga temir yoʻl yaqinidan yer uchastkasi ajratilishini ham ma’lum qilgan. Kompaniya Xitoy tovarlarini olib kelishi bilan ham birga ishlab chiqarish, qadoqlash va eksport qilishni ham reja qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Samarqand xalqaro aeroporti xizmatlaridan 1,38 mln yo‘lovchi foydalanilgani haqida yozgan edi.