Yanvar oyida 26 mingdan ortiq fuqarolar pensiya oluvchilar safiga qo‘shildi
eʼlon qilindi
20 mingga yaqini yoshga doir pensiya olishni boshlagan

Joriy yilning yanvar oyida 26 365 nafar fuqaro uchun yangi pensiyalar tayinlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu fuqarolarning 19 998 nafari yoshga doir pensiya, 4 558 nafari nogironlik pensiyasi oldi. Shuningdek, 1 809 ta oila boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda proaktiv pensiya tizimi joriy etilishi haqida yozgan edik.