
Joriy yilning yanvar oyida 26 365 nafar fuqaro uchun yangi pensiyalar tayinlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu fuqarolarning 19 998 nafari yoshga doir pensiya, 4 558 nafari nogironlik pensiyasi oldi. Shuningdek, 1 809 ta oila boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda proaktiv pensiya tizimi joriy etilishi haqida yozgan edik.