Andijonga Xitoydan 100 ta elektrobus olib kelinadi

Andijon viloyati transport tizimi 100 ta yangi elektrobus bilan toʻldirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyihaning asosiy maqsadi – Andijon shahrida harakat tarkibini zamonaviy transport vositalari bilan yangilash va brutto-shartnoma tizimini toʻliq ishga tushirishdan iborat.
Shu munosabat bilan Andijon viloyati hokimligi, viloyat transport boshqarmasi, «Oʻzmilliybank» AJ va tadbirkorlar delegatsiyasi Xitoyda muzokaralar olib bormoqda.
Delegatsiya Lanzhou Guangtong Nev Energy Automobile Co., Ltd va Guangtong kompaniyalarining elektrobus ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, yetkazib berish va xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni imzolash boʻyicha amaliy ishlarni davom ettirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentga yana mingta Yutong avtobuslari olib kelinishi haqida xabar bergan edi.