Qozogʻistonda olti yuzga yaqin blogerlar soliq toʻlamagani aniqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Kursiv Kazakhstan mamlakat Davlat daromadlari qo‘mitasiga tayanib xabar berdi
Мужчина подсчитывает данные на калькуляторе.
Foto: realinemedia / www.depositphotos.com

Qozogʻistonda qariyb olti yuz bloger soliq toʻlamagani aniqlangani ma’lum boʻldi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan mamlakat Davlat daromadlari qoʻmitasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu holat blogerlarning deklaratsiyalari va soliq hisobotlarini solishtirish orqali aniqlangan. Shuningdek, vakolatli davlat organlarining ma’lumotlari ham inobatga olingan.

Blogerlarga yetishmayotgan soliqlarni toʻlash kerakligi toʻgʻrisida bildirishnomalar joʻnatiladi va buning uchun ularga bir oylik muddat beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonlik bloger qanday jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek