Abdulla Aripov va Afg‘oniston bosh vaziri nimani muhokama qildi

eʼlon qilindi
Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tdi
Foto: O‘zR bosh vazir matbuot xizmati

O‘zbekiston va Afg‘oniston bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Mullo Abdul G‘ani Barodar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zR bosh vazir matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarining rivojlanishi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.

Foto: O‘zR bosh vazir matbuot xizmati

So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Xususan, o‘tgan yili ochilgan «Termiz xalqaro savdo markazi» ikki tomonlama savdoni kengaytirishda muhim rol o‘ynamoqda.

Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiyot, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘oniston delegatsiyasi tashrif doirasida Toshkentdagi bir qator ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh O‘zbekistondan Afg‘oniston harbiy havo kuchlarining yettita aviatexnikasini qaytarib olgan edi.

Shuningdek