Yangiliklar

Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 30% oshdi

Turistlarning taxminan 83,3% qismi sayohat uchun kelgan
Foto: Travel Uzbekistan

2024-yil davomida Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga 21 128 nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 963 nafarga, ya’ni 30,7%ga oshgan.

Sayyohlarning aksariyati O‘zbekistonga sayohat (17 583 nafar) va qarindoshlarni yo‘qlash (2 123 nafar) maqsadida kelgan. Shuningdek, xizmat safarlari, tijorat, ta’lim va davolanish kabi maqsadlarda ham tashriflar qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm qoʻmitasi 2025-yilda Oʻzbekistonga 12 million xorijiy sayyoh kelishini taxmin qilgani haqida yozgan edik.