Germaniyadagi saylovda kim yetakchilik qilmoqda

Yakshanba kuni Germaniyada Bundestag saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Ridrix Mers boshchiligidagi konservatorlar (CDU/CSU) yetakchilik qilishi kutilmoqda, ammo yakuniy natijalar hali aniq emas, deya yozmoqda Reuters.

Shu bilan birga, o‘ta o‘ngchi «Germaniya uchun Alternativa» (AfD) partiyasi tarixiy yutuqqa erishishi mumkin.

Saylov kampaniyasi migratsiya va iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq keskin bahslar bilan kechdi. Kansler Olaf Shols yetakchiligidagi hukumat tanqidlarga uchrab, iqtisodiy o‘sishning sustligi va ijtimoiy muammolar sababli reytingi pasaygan.

Saylov natijalari Germaniyada uzoq davom etuvchi koalitsiya muzokaralariga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar CDU/CSU va SPD o‘rtasida «katta koalitsiya» tuzilishini yoki kichik partiyalar ishtirokida uch tomonlama ittifoq shakllanishini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olaf Shols Donald Trampni o‘z manfaatlarini ko‘zlashda ayblagan edi.