Ilon Mask AQShda 2,3 million federal xodimlar sonini kamaytirishga kirishdi

Ilon Mask va Donald Tramp ma’muriyati hukumat xarajatlarini qisqartirish va davlat idoralarining samaradorligini oshirish maqsadida federal xodimlardan o‘z ish natijalari haqida hisobot talab qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Donald Trampning topshirig‘iga ko‘ra, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) davlat tizimini isloh qilish va 2,3 mln federal xodimlar sonini kamaytirishga harakat qilmoqda. Maskning fikricha, ish natijalari haqida hisobot bermagan xodimlar samarador emas deb hisoblanadi va ularni ishdan bo‘shatish mumkin.
Bu qaror kasaba uyushmalari va jamoatchilik orasida norozilikni keltirib chiqardi, chunki bunday ommaviy qisqartirishlar davlat xizmatlariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Grok 3 chatbotini taqdim etgan edi.