O‘zbekiston Umumjahon pochta ittifoqining bayonnomalarini ratifikatsiya qilmoqda

eʼlon qilindi
Bu orqali mamlakatning ittifoqdagi ishtiroki yanada faollashadi
Foto: PSG Watch

Senat yalpi majlisida «Umumjahon pochta ittifoqining ustaviga o‘ninchi va o‘n birinchi qo‘shimcha bayonnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mazkur bayonnomalar xalqaro pochta almashinuvini rivojlantirish va O‘zbekistonning ittifoqqa a’zo davlatlar bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, ular pochta xizmatlarining samaradorligini oshirish va mamlakat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun qabul qilinishi O‘zbekistonning Umumjahon pochta ittifoqidagi ishtirokini yanada faollashtiradi. Muhokamalar yakunida qonun ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat tomonidan faktoring xizmatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullangan edi.

Shuningdek