O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari soni 16%ga oshdi
eʼlon qilindi
So‘ngi olti yilga nisbatan

2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yiliga nisbatan 78,3 ming nafarga, ya’ni 16,1%ga oshgan.
2019/2020-o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 486,6 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020/2021-yilda 508,2 ming (+4,4%), 2021/2022-yilda 510,0 ming (+0,35%), 2022/2023-yilda 521,6 ming (+2,3%), 2023/2024-yilda esa 547,7 ming (+5,0%) nafarga yetgan. Joriy o‘quv yilida esa bu raqam yana 3,1%ga o‘sib, 564,9 ming nafarni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘qituvchilar aslida qancha maosh olishi haqida yozgan edik.