
25-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 16,27 soʻmga pasayib, 12 899,91 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 840 – 12 900 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 900 – 12 980 soʻm oraligʻida sotmoqda.
O‘z navbatida, yevro 15,74 soʻmga pasayib, 13 507,50 soʻmni tashkil qildi. Rossiya rubli esa 0,86 soʻmga arzonlashib, 146,74 soʻmga teng boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.