
BYD va DJI hamkorligida dunyodagi birinchi to‘liq integratsiyalangan avtomobil ichki dron tizimi taqdim etiladi. Bu haqda Pandaily nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, BYD’ning Eyer U8 Off-road Player Edition modeli avtomobil darajasidagi dron bilan jihozlangan birinchi mashina bo‘lib, boshqa bir qancha modellar ham ushbu texnologiyani qabul qilish uchun ariza topshirdi.
Ushbu tizim tashqi makonda suratga olish va kashfiyot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avtomatik uchish, qo‘nish, akkumulyator almashtirish va yuqori sifatli tasvir uzatish imkoniyatlariga ega.
Bu yangilik avtomobil va dron texnologiyasining uyg‘unlashuvi bo‘lib, foydalanuvchilarga yanada interaktiv va ilg‘or tajriba taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Song dunyoning eng ko‘p sotilgan yengil avtomobillar ro‘yxatiga kirgan edi.