O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Osiyo kubogi mezbonligiga da’vogarlik qilmoqda

eʼlon qilindi
Avvalgi Osiyo miqyosidagi turnirlar tajribasidan foydalanib
Foto: Zawya.com

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga rasmiy nomzodlik taklifini yubordi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Markaziy Osiyoda futbol infratuzilmasi va xalqaro turnirlar mezbonligida to‘plangan tajriba uch mamlakatni yirik musobaqaga mezbonlik qilishga da’vogar bo‘lishga undadi. Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Qarshi kabi shaharlardagi stadionlar xalqaro talablar asosida tayyorlandi.

Avvalgi Osiyo miqyosidagi turnirlar tajribasi ham bu tashabbusning muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonch uyg‘otmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida yutqazib, jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida yozgan edik.

Shuningdek