O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 81,7 millionga oshirdi

eʼlon qilindi
2024 yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 8,8 foizga oshgan
Foto: Unsplash

Joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekistondan umumiy qiymati $81,7 millionlik 94,1 ming tonna meva va sabzavot eksport qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Yil davomida yetkazib berish hajmi 35,5 foizga kamaydi, pul koʻrinishida esa 8,8 foizga oʻsdi.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy xaridorlari Rossiya ($19,3 million), Pokiston ($16 million) va Afgʻoniston ($10,2 million) boʻldi. MDHga a’zo boʻlmagan davlatlardan Xitoy $4,8 millionlik meva va sabzavotlar sotib olgan.

Oʻtgan oyda mamlakatdan $3,9 millionlik uzum, $4,1 millionlik olxo‘ri, $4,2 millionlik piyoz eksport qilindi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Oʻzbekiston Rossiyaga eng koʻp xurmo eksport qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek