Qatarda davlat xizmatlarini taqdim etish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi

eʼlon qilindi
Mamlakat rasmiylari Amerika kompaniyasi bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda
Foto: The Hill

Qatar hukumati Amerikaning Scale AI kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Endi rasmiylar mamlakat fuqarolariga davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun sunʼiy intellekt (SI) sohasidagi ishlanmalardan foydalanadi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

«Ushbu kelishuv dunyoning boshqa hukumatlari uchun namuna boʻlishi mumkin. Bu bizga texnologiyalarni yanada tezroq joylashtirishga imkon beradi», — dedi Scale AIni rivojlantirish boʻyicha global rahbari Trevor Tompson.

Qatar hukumati davlat boshqaruvida sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishdan tashqari, aholiga xizmat koʻrsatish chogʻida toʻplangan maʼlumotlardan foydalangan holda neyron tarmoqlarni oʻrgatishni ham maqsad qilgan.

Scale AI — SI ilovalari uchun oʻquv maʼlumotlarini taqdim etadigan Amerika kompaniyasi. U 2016-yilda tashkil etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’dan endi ro’yxatdan o’tmasdan foydalanish mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek