
Qatar hukumati Amerikaning Scale AI kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Endi rasmiylar mamlakat fuqarolariga davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun sun’iy intellekt (SI) sohasidagi ishlanmalardan foydalanadi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
«Ushbu kelishuv dunyoning boshqa hukumatlari uchun namuna boʻlishi mumkin. Bu bizga texnologiyalarni yanada tezroq joylashtirishga imkon beradi», – dedi Scale AIni rivojlantirish boʻyicha global rahbari Trevor Tompson.
Qatar hukumati davlat boshqaruvida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishdan tashqari, aholiga xizmat koʻrsatish chogʻida toʻplangan ma’lumotlardan foydalangan holda neyron tarmoqlarni oʻrgatishni ham maqsad qilgan.
Scale AI – SI ilovalari uchun oʻquv ma’lumotlarini taqdim etadigan Amerika kompaniyasi. U 2016-yilda tashkil etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’dan endi ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish mumkinligi haqida yozgan edi.