
Ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish maqsadida Davlat budjetidan 2,5 trillion soʻm yoʻnaltiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni imzolandi.
Hududlarda jami 8 million kvadrat metrdan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish va ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish belgilanmoqda. Uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trillion soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratiladi.
Shuningdek, «Yangi Oʻzbekiston va boshqa massivlarda binolarni barpo etishda qatnashadigan tashkilotlarni aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan 700 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. “Yangi Oʻzbekiston» massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirishning yangi imkoniyatlari yaratilishi haqida yozgan edi.