Yangiliklar

Wildberries Belarusda taksi xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi

Kompaniya vakili bu imkoniyat ko‘rib chiqilayotganini tasdiqladi
Foto: Aleksey Belkin / News.ru / Tass

Rossiyaning yirik onlayn savdo platformasi Wildberries Belarusda taksi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vedemosti nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya vakili bu imkoniyat ko‘rib chiqilayotganini tasdiqladi. Wildberries 20 yillik faoliyati davomida logistika va transport sohasida yetarli tajriba to‘plagan va endi uni yangi yo‘nalishda qo‘llashni maqsad qilgan.

Taksi xizmati avval Minsk shahrida sinov tariqasida ishga tushirilishi kutilmoqda. Poytaxtdagi tajriba loyihasi yakunlanganidan so‘ng kompaniya xizmatni kengaytirish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Manbalarga ko‘ra, Wildberries taksi xizmati uchun ilovaning interfeysi allaqachon tayyor, biroq xizmatning qachon ishga tushirilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Wildberries & Russ RWB brendining logotipini taqdim etgan edi.