12 ballik tizim faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanishi aytildi

12 ballik tizim faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanadi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, ko‘chadagi texnik vositalar orqali rasmiylashtirilgan dalolatnomalar bundan mustasno hisoblanadi. Kelgusida esa kamera va radarlarga tushgan qoidabuzarliklar uchun yoziladigan jarimalarni ham 12 ballik tizimga qo‘shib hisoblash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, endilikda mast holatda mashina boshqarganlar 5 yil muddatgacha qamalishi mumkin.
O‘zbekistonda haydovchilar tomonidan sodir etilgan 20 milliondan ortiq qoidabuzarlik uchun 1 trillion so‘mdan ortiq jarima to‘langani ma’lum qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda jazo tariqasida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi haqida xabar bergan edi.