Yangiliklar

26-fevral kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Pexels.com

Respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Shamol g‘arbiy yo‘nalishda esib, ba’zi joylarda tezligi 15-25 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi esa 1-3° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida qor yog‘ishi ehtimoli bor, kechasi 2-7° sovuq, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham qor yog‘ib, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq atrofida saqlanadi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda qor yog‘ib, ba’zi hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol 23-25 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Shamol ayrim joylarda 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda qor yog‘ib, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘lishi kutilmoqda.