Uchar avtomobilning sinov parvozi taqdim etildi – video

25-fevral 2025 11:34 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Skrinshot

Kaliforniyada joylashgan Alef Aeronautics startapi o‘zining Model A uchar avtomobilining yangi renderlarini e’lon qildi. Avtomobilning dastlabki sinov parvozini YOUCAR youtube kanali taqdim etdi.

Ushbu innovatsion transport vositasi to‘rtta elektr dvigatel va sakkizta parvona bilan jihozlanib, vertikal parvoz va qo‘nish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uchar mashinaning narxi $300 mingga baholangan va kompaniya allaqachon oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi.

Model A maxsus to‘rli korpus dizayniga ega bo‘lib, ikki o‘rinli salon parvoz vaqtida yon tomonga 90 darajaga buriladi. Bu yechim mashinaning tanasini qanot vazifasini bajarishga imkon beradi. Qurilma 177 km masofagacha havoda, 322 km masofagacha esa yerda harakatlana oladi. Yerda harakat tezligi 32–40 km/soat bilan cheklangan bo‘lsa-da, maksimal parvoz tezligi hozircha oshkor etilmadi.

Kompaniya $150 dan $1500 gacha depozit bilan oldindan buyurtmalarni ochdi. $1500 to‘lagan mijozlar buyurtmalarni ustuvor tarzda olish huquqiga ega bo‘ladi. Dastlabki Model A uchar mashinalari 2025-yil oxiriga qadar tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Alef Aeronautics kattaroq Model Z uchar mashinasini ham ishlab chiqish niyatida. Ushbu model 4 – 6 kishilik salon bilan jihozlanib, 354 km masofaga parvoz qila oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volkswagen Teramont Pro Xitoy bozorida taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek