Avtobus haydovchilari Germaniyaga ishga taklif etiladi

eʼlon qilindi
Vakansiya PersonaFAIRmittlung tashkiloti bilan hamkorlikda e’lon qilinmoqda
Foto: Transport vazirligi

Migratsiya agentligi Germaniyaning PersonaFAIRmittlung tashkiloti bilan hamkorlikda avtobus haydovchilari uchun ish oʻrinlarini taklif qiladi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Taklif etiladigan oylik soliqlar oldidan 3000 yevroni tashkil etadi. Mavjud ish oʻrinlari 300 ta.

Nomzodlar 23 – 43 yosh chegarasida, «B» va «C» haydovchilik guvohnomasiga va nemis tilidan «A2» yoki «B1» daraja xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, sudlanmagan va jismonan sogʻlom boʻlishi kerak.

Tanlab olingan nomzodlarga vizani rasmiylashtirish, aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer imtiyozi beriladi.

Germaniyaga joʻnab ketadiganlar uchun SBH West tashkiloti koʻmagida «Vatanparvar» markazida kasbiy nemis tili oʻqitiladi va qayta tayyorlov kurslari oʻtkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Migratsiya agentligi va Germaniyaning Amazone ish beruvchi tashkiloti payvandchi, muhandis-mexanik va chilangarlarni ishga taklif etayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek