Yangiliklar

O‘zbekistonda davlat va jamoat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladi

Bu bo‘yicha asosiy vakolatli organ Ekologiya vazirligi bo‘ladi
Foto: Alterra teams

«Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi qonunga ko‘ra, majburiy ekspertizadan o‘tishi kerak bo‘lgan obyektlarga qurilish uchun ajratilgan yerlar, loyihaviy hujjatlar, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlari kiradi.

Ekologik ekspertiza bo‘yicha asosiy vakolatli organ – Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hisoblanadi.

Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha 3 yil, ekologik normalar loyihasi bo‘yicha esa 5 yil davomida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Yashil belgi» ekologik markirovkalash tizimi joriy qilinishi haqida yozgan edik.