Harbiy xizmatchilar uchun toʻlanadigan kompensatsiyalar miqdori oshiriladi

eʼlon qilindi
Soha xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi
Foto: Mudofaa vazirligi / Harbiy xizmatchilari

Joriy yil 1-martdan boshlab harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi. Prezident bu haqdagi qonunni imzoladi.

2025-yil 1-iyundan 10 yildan ortiq xizmatni oʻtagan harbiylarga turar joy sotib olish uchun ipoteka kreditini olinishida dastlabki badal miqdori 35 foiz etib belgilanmoqda. Shuningdek, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga ijarani qoplash uchun BHMning 2,4-4,8 baravarigacha har oylik kompensatsiya puli toʻlab beriladi.

Oila aʼzolari 3 kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul miqdori 50 foizga oshiriladi.

Keyingi yildan oylik kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hukumat qarori bilan belgilab boriladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekiston harbiylarning farzandlariga OTMga kirishi uchun imtiyozlar berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek