Yangiliklar

«Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etildi

2025-yil 9-mayga qadar topshiriladi
Foto: President.uz

Prezident farmoniga binoan, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta’sis etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu medal Ikkinchi jahon urushida jang qilgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga beriladi.

Mudofaa vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar ikki hafta ichida mukofotlanishga loyiq fuqarolar ro‘yxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. Medal va guvohnomalar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tayyorlanadi va 2025-yil 9-maygacha topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qancha miqdordagi mukofot puli berilishi haqida yozgan edik.