
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ ma’lumotlarni o‘z vaqtida oshkor qilmaslik bo‘yicha 76 ta holatni aniqladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 4-Yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, 76 holatdan 27 tasi bo‘yicha sud tomonidan jarima chorasi qo‘llanildi.
Regulyator, shuningdek, ikki aksiyadorlik jamiyatida ijro organini almashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. ILMA vakillari bu muammolar aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun talablariga to‘liq rioya qilinmagani bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, agentlik xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda «Kapital bozori to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonning yirik sugʻurta kompaniyalari reytingida qanday oʻzgarish yuz bergani haqida yozgan edik.