Oʻzbekiston Qirgʻizistondan kartoshka importini uch baravar oshirdi

eʼlon qilindi
Yil davomida yetkazib berish 30 ming tonnadan 100 ming tonnagacha oshdi
Foto: Unsplash

2024-yilda Oʻzbekiston Qirgʻizistondan rekord darajadagi 100 ming tonna kartoshka import qildi. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash sanoati vazirining birinchi oʻrinbosari Janibek Kerimaliyev parlamentning budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat boʻyicha qoʻmitasi yigʻilishida maʼlum qildi.

2023-yilda Qirgʻiziston Oʻzbekistonga 30 ming tonna kartoshka eksport qilgan bo‘lsa, oʻtgan yil davomida yetkazib berish hajmi uch baravardan koʻproqqa oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekiston Qirgʻiziston mamlakat ichida taqchillik va narx oshishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kartoshka eksportini cheklashni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek