
Yanvar oyida O‘zbekistonda 99 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi. Avtomobil benzinining oʻtgan yil yanvar oyidagi koʻrsatkichi bilan taqqoslaydigan boʻlsak salkam 10 ming tonnaga yoki 8,2 foizga oʻsgan.
Bundan tashqari, 2025-yilning yanvar oyida 409 (14,3 foizga ko‘p) ming tonna koʻmir, 101 (9,57 foizga kam) ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarilgan. Ko‘mir va gaz kondensatining ishlab chiqarilish hajmi o‘tgan yil shu vaqtda 357,8 ming tonna ko‘mir va 111,7 ming tonna gaz kondensatini tashkil etgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Andijon viloyatida 18 ta AYOQSh sifatsiz mahsulot sotgani aniqlangani haqida yozgan edi.