Yangiliklar

Qochgan jinoyatchi Toshkentda qoʻlga olindi

U ikki yil qidiruvda bo‘lgan
Foto: Flickr

Qidiruvda boʻlgan shaxs Toshkentda qoʻlga olindi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan‘ga xabar bermoqda.

2023-yil 15-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi, 1967-yilda tugʻilgan shaxs sodir etgan jinoyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish» moddasi 2-qismi bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan. Shunga qaramay, erkak ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni oʻtashdan qochgan va yashiringan.

2025-yil 24-fevral kuni qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qoʻlga olindi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan yetti nafar energetika tizimi xodimiga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgani haqida yozgan edi.