Xitoy kompaniyasi Samarqandda $15 mlnlik korxona tashkil etadi

eʼlon qilindi
Viloyat rahbariyati xorijlik investorlar bilan muloqot o‘tkazdi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Xitoyning Zhejiang Junsheng Energy kompaniyasi Samarqand viloyatida plastmassa buyumlari hamda avtomobillarning plastmassadan tayyorlanadigan qismlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyihaning umumiy qiymati $15 millionni tashkil etadi. Agar u ishga tushsa, 300 ta yangi ish oʻrni yaratilishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, joriy yil fevral holatiga Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 3467 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek