Gadjetlar

Samsung Galaxy A26, A36 va A56 rasman taqdim etildi – video

Ular Android 21 yangilanishini ham oladi
Foto: Sammobile

Samsung o‘zining yangi o‘rta toifadagi Galaxy A26, Galaxy A36 va Galaxy A56 smartfonlarini e’lon qildi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Eng katta yangilik – Samsung ushbu qurilmalarni 2031-yilgacha dasturiy ta’minot bilan ta’minlashini rasman tasdiqladi. Bu degani, ular Android 21 yangilanishini ham oladi.

Galaxy A26 modeli 120 Gts chastotali Amoled ekran, Samsung Exynos 1380 chipseti, 50 megapikselli asosiy kamera va 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan bo‘lib, 25 Vt tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega.

Galaxy A36 modeli esa 120 Gts chastotali Oled ekran, Snapdragon 6 Gen 3 chipseti va 12 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. U 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyator va 45 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eng kuchli model – Galaxy A56, Exynos 1580 chipseti bilan kelib, AMD RDNA3 grafik protsessori asosida ishlaydi. Qurilmaning asosiy kamerasi 50, 12 va 5 megapikselli uchta datchikdan iborat, old kamerasi esa 12 megapikselni tashkil qiladi. Batareyasi 5000 mA/soat bo‘lib, 45 Vt tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega.

Are you ready to level up with the new Awesome? | Samsung

Samsung ushbu smartfonlarni avval aprel oyida taqdim etishni rejalashtirgan edi, ammo reklamalar allaqachon boshlanganligi sababli, premyera mart oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S21 va boshqa qurilmalar Android 16 yangilanishidan mahrum bo‘lishi haqida xabar bergan edi.