“System air-train-tour» MChJ 75 million so‘m miqdoridagi jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Umra tadbirlarini litsenziyasiz tashkil etgani uchun
Foto: Pexels.com

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan “System air-train-tour» MChJning Samarqand filialiga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, MChJ ruxsatsiz ravishda Umra safarlarini tashkil etgani aniqlanib, tegishli tartibda jarimaga tortildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Umra tadbirlarini litsenziyasiz tashkil etish huquqbuzarlik hisoblanib, bunday holatlar uchun yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari (75 million so‘m) miqdorida jarima belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Umra ziyoratini litsenziyasiz reklama qilgan uchta turistik kompaniya jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek