Audi A5 Sportback modelini taqdim etdi

26-fevral 2025 09:52 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Audimediacenter.com

Audi kompaniyasi o‘zining yangilangan A5 Sportback modelini taqdim etib, uning boshlang‘ich narxini $47,7 ming etib belgiladi. Bu avvalgi A4 Premium narxidan $3,6 mingga qimmat bo‘lsa-da, 2025-yilgi A5 Sportback Premiumdan ancha arzon. Bu haqda 32cars.ru nashri ma’lum qildi.

Yangi model avvalgi A4 va A5 Sportback’ning o‘rnini egallaydi, biroq kompaniya 2025-yilgacha eski modellarni ham sotishda davom ettiradi.

Yangilangan A5 2,0 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u oldingi versiyaga qaraganda kuchliroq – 268 ot kuchi ishlab chiqaradi. Yetti pog‘onali qo‘sh muftali uzatmalar qutisi va to‘liq g‘ildirakli haydovchi tizimi bilan kombinatsiyalangan ushbu model yengil gibrid tizimga ham ega bo‘lib, bu yoqilg‘i tejamkorligini oshirishga xizmat qiladi.

Audi 2025-yilgi A5 Sportback’da ilg‘or texnologiyalarni ham joriy etdi. Yangi elektron boshqaruv tizimi – E3 1.2 avtomobilning asosiy funksiyalarini tez va oson boshqarishga yordam beradi. Bundan tashqari, yangi model Digital Stage deb nomlangan haydovchi interfeysi bilan ta’minlangan bo‘lib, unda 11,9 dyuymli asboblar klasteri va 14,5 dyuymli markaziy sensorli ekran Porsche uslubidagi dizaynda ishlab chiqilgan.

Audi ushbu narx siyosati orqali o‘z avtomobillarini yanada kengroq xaridorlar doirasiga moslashtirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Audi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan yangi AUDI E modelini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek