Yangiliklar

Ayrim notarial xizmatlarning komissiya miqdori oshirildi

20-fevral kuni
Foto: Freepic

20-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan notariuslarda amalga oshiriladigan ayrim harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, quyidagi xizmatlar uchun komissiya to‘lovlari oshirildi:

a) ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha maslahat berish hamda ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash – BHMning 10 foizidan 15 foizigacha;

b) notarial tasdiqlangan shartnomalarni tayyorlash:

  • ko‘chmas mulkni o‘tkazish bo‘yicha – BHMnig 20 foizidan 30 foizigacha;
  • garov (ipoteka) va lizing (jismoniy shaxslar uchun yoki bir tomoni jismoniy shaxs bo‘lsa) – BHMning 15 foizidan 25 foizigacha.

Shuningdek, notariuslar tomonidan bajariladigan qo‘shimcha yuridik va texnik harakatlar uchun undiriladigan boshqa komissiya to‘lovlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtotransport vositasini tasarruf etish ishonchnomasini «Elektron notarius» orqali rasmiylashtirish mumkinligi haqida yozgan edi.