Yangiliklar

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Olmaotaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Parvozlar haftada uch marta amalga oshiriladi
Foto: Centrum-air.com

O‘zbekistonning Centrum Air loukoster aviakompaniyasi mart oyi oxirida Toshkentdan Olmaotaga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Chiptalarni aviakompaniya veb-saytida sotib olish mumkin.

31-martdan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi samolyotlari O‘zbekiston poytaxtidan Olmaotaga haftasiga uch marta – dushanba, seshanba va payshanba kunlari parvoz qiladi. Iyul oyida aviatashuvchi reyslar sonini haftasiga to‘rttaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Birinchi reys uchun chiptalar narxi bir million so‘mdan boshlanadi. Aviakompaniya keyingi muddatlarga chiptalarni 776 ming so‘mdan boshlab sotadi. Parvoz davomiyligi 1 soat 25 daqiqani tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air samolyoti Namanganga qo‘na olmagani haqida xabar bergan edi.