Avto

Great Wall yangilangan Tank 300 2025 modelini taqdim etdi

Salonda asosiy yangiliklardan biri 14,6 dyuymli markaziy sensorli boshqaruv ekranining qo‘shilganidir
Foto: Tank

Great Wall Motor kompaniyasi 2025-yilgi Tank 300 modelining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Yangi model dizayn, interyer va texnologiyalar bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘lib, yangi rang sxemalari va modernizatsiya qilingan saloni bilan ajralib turadi. Bu haqda Weibo nashri ma’lum qildi.

Foto: Tank

Tashqi dizaynda eng katta yangiliklardan biri tananing cho‘l sariq rangi bo‘ldi. Ichki qism esa endi qizil va qora ranglarning kontrastli uyg‘unligida ishlangan. Salonda asosiy yangiliklardan biri 14,6 dyuymli markaziy sensorli boshqaruv ekranining qo‘shilganidir. Bundan tashqari, model yangi elektron vites selektori, smartfonlar uchun simsiz zaryadlash paneli va qayta ishlangan ventilyatsiya tizimi bilan jihozlandi.

Foto: Tank

Tank 300 2025 uch xil dvigatel varianti bilan taqdim etiladi: benzin, dizel va gibrid Hi4-T versiyalari. SUVning o‘lchamlari 4750 (4775) x 1930 x 1903 (1927) mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2750 mmni tashkil etadi.

Foto: Tank
Foto: Tank
Foto: Tank

Yangilangan modelning narxlari bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tank 500 Hi4-Z: Land Cruiser 300 raqobatchisi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.