Sport

«Humo» Qozog‘istonning «Gornyak» klubiga mag‘lub bo‘ldi

2:1 hisobida
Foto: «Humo»

Qozog‘istonda O‘zbekistonning «Humo» va qozoq klubi «Gornyak» o‘rtasidagi pley-off seriyasining to‘rtinchi o‘yini yakunlandi. Uchrashuv «Gornyak Arena» muz saroyida bo‘lib o‘tib, mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab Andrey Revatskiy hisobni ochib, mezbonlarga birinchi bo‘limdan keyin ustunlikni ta’minladi. Biroq ikkinchi bo‘limda Stanislav Borovikov Edgars Siksnaning uzatmasidan unumli foydalanib, shaybani darvozaga yo‘lladi va hisobni tenglashtirdi.

Uchinchi bo‘limning tugashiga 1 daqiqa 13 soniya qolganda «Gornyak» ko‘pchilik hujumidan foydalanib, hal qiluvchi golni urdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xokkey «U18» terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi haqida yozgan edik.