
Soliq organlarida 358 mingdan ortiq ijara shartnomalari imzolangan boʻlib, ushbu shartnomalar boʻyicha qariyb 53 milliard soʻm soliqlar hisoblangan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻtgan bir yilda 264,9 mingta jismoniy shaxslar oʻrtasida ijara shartnomasi asosida 33,2 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblandi. 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 12,9 foiz va daromad soligʻi summasi 21,2 foizga oshgan.
Yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan 93,4 mingta ijara shartnomasi asosida 19,7 mlrd soʻmlik soliq hisoblanib, oʻtgan yilga nisbatan shartnomalar soni 36,3 foiz va hisoblangan soliq miqdori 25,5 foizga oshgan.
Talabalar bilan 56,3 mingta ijara shartnomasi tuzilgan boʻlib, ijarada turuvchi talabalar soni 86407 nafarni tashkil etgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan yanvar oyida yirik soliq to‘lovchilarining tushumlari yarim trillionga qisqargani haqida yozgan edi.