Oʻzbekiston aholini roʻyxatga olishda Koreya Respublikasi tajribasini oʻrganadi

O‘zbekiston Statistika agentligining to‘rt nafar mutaxassisi Koreya Respublikasiga ta’lim olish uchun yo‘l oldi. Bu haqda Koreyaning Yonhap axborot agentligi ma’lum qildi.
Trening toʻrt kun davom etadi va asosiy e’tibor aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrishga qaratiladi. Janubiy Koreya statistika boshqarmasi xodimlari oʻzbekistonlik hamkasblari bilan suhbatlar, telefon va onlayn soʻrovlar oʻtkazish boʻyicha oʻz tajribalarini oʻrtoqlashadi.
Bundan tashqari, ular agentlik xodimlarini olingan ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va sifatini nazorat qilish uchun geografik axborot tizimlaridan foydalanish toʻgʻrisida yangi bilimlardan xabardor qiladi.
Oʻzbekistonda soʻnggi 37 yil ichida birinchi marta aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish 2026-yilning yozida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston SSRda avvalgi aholini roʻyxatga olish 1989-yilda boʻlib oʻtgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Behzod Hamroyev Oʻzbekiston Statistika agentligiga rahbar etib tayinlangani haqida yozgan edi.