Lifestyle

O‘zbekistonlik sportchi qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal oldi

Oltin medal sohibi Musa Aymuratov va bronza medal sohibi Islambek Abdazov
Foto: OlympicUz

Kuvaytda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ishtirokchilar yoshlar o‘rtasidagi bahslarda oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Erkaklar terma jamoasi a’zosi Musa Aymuratov sablya bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘ldi. Islam Abdazov esa yarim finalda mag‘lubiyatga uchrab, bronza medaliga loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda terma jamoa a’zolari 2 ta kumush medalni ham qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Usmonov FIE prezidenti lavozimidagi faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgani haqida yozgan edi.