Oʻzbekiston yanvar oyida qancha anor eksport qildi

eʼlon qilindi
O‘tgan oy yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 405,1 tonnani tashkil etdi
Foto: Unsplash

2025-yil yanvar oyida Oʻzbekiston 405,1 tonna anor eksport qilib, bundan $620,3 ming daromad oldi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻtgan oyda respublika Rossiyaga 269 tonna anor joʻnatdi. Qozogʻiston va Tojikistonga mos ravishda 64 tonna hamda 41 tonna anor yetkazib berildi.

Joriy yilning yanvar oyida mamlakatimizning umumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 8,8% ga oʻsdi. Oʻtgan oyda jami $81,7 millionlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xorijga yetkazib berildi.

Oʻzbekistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini asosiy import qiluvchilar Rossiya va Pokiston boʻlib, ular mos ravishda $19,3 million va $16 millionlik mahsulot sotib olgan. Uchinchi oʻrinni $10,2 million bilan Afgʻoniston egalladi.

Shuningdek