Yangiliklar

Pokiston bosh vaziri tantanali kutib olindi – foto

Ikki davlat yetakchilarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

26-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutladi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etgan. Rasmiy kutib olish marosimidan keyin tor doiradagi muzokaralar boshlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Oʻzbekiston Pokistonda eksport qilingan tovarlar hajmi salkam $300 mlnga yetgan edi. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 11,2 foizga koʻpdir.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Pokiston asalarichilik sohasida hamkorlikni rivojlantirishi haqida xabar bergan edi.