Qirg‘iziston sinov tariqasida raqamli somni muomalaga chiqaradi
eʼlon qilindi
Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti xabar berdi

24-fevral kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi «raqamli som»ning huquqiy holati haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti xabar berdi.
Bu qonun kuchga kirishi bilan Milliy bank «raqamli som» raqamli valyutasi prototipini sinov tariqasida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Sinovdan so‘ng esa loyiha «ishlab chiqarish rejimiga» o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qonun loyihasi 2027-yil 1-yanvarda kuchga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻizistonda elektron sigaretani taqiqlovchi qonun imzolangani haqida xabar bergan edi.