Qozog‘istonda AES quriladigan joy ma’lum bo‘ldi
eʼlon qilindi
Obyekt sakkiz yilda tugallanadi

Qozogʻiston hukumati birinchi AES quraladigan joyni rasman tasdiqladi. Bunga doir qaror me’yoriy hujjatlar tizimiga joylandi.
Ma’lum qilinishicha, AES Balxash koʻli yaqinidagi Jambil tumanida quriladi. Ushbu tuman Olmaota viloyatiga qaraydi.
Imzolangan hukumat qarori 2024-yilning 30-dekabrida imzolangan boʻlsa-da, joriy yil 25-fevraldan kuchga kirgan. Obyekt sakkiz yilda tugallanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini tezlashtirish va mamlakatda yadro klasterini tashkil etishni topshirgani haqida yozgan edik.