Yangiliklar

Qurilish sohasida faoliyat yuritadigan tashkilotlar soni qancha

Ularning eng ko‘pi poytaxtga to‘g‘ri keladi
Foto: Pexels.com

Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 27,9 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Bino va inshootlarni qurishga 14,7 mingta, ixtisoslashtirilgan obyektlarni barpo qilishga 8,2 mingta va fuqarolik inshootlarni qurishga deyarli 5 mingta korxona mavjud. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtiradigan boʻlsak qurilish tashkilotlari 6,7 mingtaga yoki 19,4 foizga kamayganini koʻrish mumkin.

Mavjud korxonalarning 24 foizi yoki 6,7 mingtasi Toshkent shahrida joylashgan. Kuchli toʻrttalikdan Toshkent viloyati (2,4 ming), Fargʻona viloyati (2 ming) va Samarqand viloyati (2,1 ming) ham joy olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratilishi haqida yozgan edi.