Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorlanish uchun onlayn platforma ishga tushdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Platformadan foydalanish bepul
                    
                            
Migratsiya agentligi Rossiyada vaqtinchalik ishlash uchun patent olishga tayyorgarlik ko‘rishga mo‘ljallangan onlayn platformani ishga tushirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Ishlash istagida bo‘lganlar platforma orqali rasmiy imtihon topshiriqlariga o‘xshash testlarni ishlab ko‘rishlari mumkin. Ya’ni bunda foydalanuvchiga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid savollar yuzasidan topshiriqlar beriladi. Platformadan foydalanish bepul.
Platformada 7 ta test varianti mavjud bo‘lib, ular turli shakldagi vazifalar asosida tuzilgan:
- tinglash qobiliyati (audio bo‘yicha savollar);
 
- o‘qish qobiliyati;
 
- lug‘at va grammatika bo‘yicha;
 
- Rossiya tarixi;
 
- Rossiya qonunchiligi asoslari.
 
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Migratsiya agentligi tomonidan Latviyada yuk mashinasi haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.