Tramp AQShga koʻchib kelish uchun «oltin karta» tizimini joriy etishini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
$5 mlndan
Tramp
Foto: Kqed.org

AQSh ikki haftadan soʻng yashash uchun «oltin» vizalarni $5 mlndan sotishni boshlaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan boʻlgan suhbatda ma’lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, yashash uchun ruxsatnoma Amerika iqtisodiyotiga katta sarmoya kiritgan xorijliklarga beriladi.

«Biz «oltin karta»ni sotishni boshlaymiz. «Grin karta» mavjud edi, bu esa «oltin karta» boʻladi. Bu kartaning narxi taxminan $5 million etib belgilanadi», – dedi respublikachi.

Tramp «boylar» bunday kartani sotib olish orqali AQShga kirishiga ishonch bildirdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, gap Amerika fuqaroligiga oʻtish yoʻli haqida ketmoqda.

Fevral oyining oʻrtalariga kelib, xorijiy investorlar uchun moʻljallangan «oltin viza» dasturi doirasida 40 nafar investor yashash guvohnomasini olish uchun ariza topshirdi. Ulardan 23 tasi ma’qullandi. Mazkur turdagi vizalar uchun 14 davlat – Xitoy, AQSh, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Gruziya, Serbiya, Jazoir, Isroil, Eron, Xorvatiya, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolari murojaat qilgan.

Eslatib oʻtamiz, AQShdan deportatsiya qilingan oʻzbekistonlik migrantlar Kosta-Rikaga vaqtincha joylashtirilgan edi. Mazkur jarayon Vashington va Kosta-Rika oʻrtasidagi bitim asosida amalga oshirilmoqda. Rejaga koʻra, mamlakat vaqtincha 200 nafargacha migrantni qabul qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple AQShdagi innovatsiya va ishlab chiqarishga $500 mlrdlik yirik sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek