Gadjetlar

Xiaomi 15 Ultra kamerasining imkoniyatlari namoyish etildi – foto

Xiaomi 15 Ultra imkoniyatlari namoyish etildi
Foto: X / Ley Jun

Xiaomi bosh direktori Ley Jun oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida taqdimoti yaqinlashib kelayotgan Xiaomi 15 Ultra flagmanining suratga olish imkoniyatlarini namoyish qiluvchi suratlarni joylashtirdi.

Foto: X / Ley Jun

Xiaomi bosh direktori murakkab vaziyatlarda ham Xiaomi 15 Ultra imkoniyatlari yetarlicha ekanini ta’kidlamoqda. U qurilmaning chaqmoq tezligida harakat qilayotgan narsani suratga olishini ma’lum qilgan.

Foto: X / Ley Jun

Xiaomi 15 Ultra tasvir sifatini yaxshilash uchun moʻljallangan yangi Leica Ultra-Pure optik tizimiga ega boʻladi. Qurilmaning kod nomi Night God boʻlib, u kam yorugʻlikda suratga olishga e’tibor qaratishini ta’kidlaydi. Smartfon kuchli 200 megapikselli periskop moduli bilan birga yangi 1 dyuymli asosiy sensorga ega boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi bosh direktori Ley Jun Weiboʻdagi sahifasida kelajakdagi Xiaomi 15 Ultra flagmanining birinchi rasmiy renderini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.